Windows tizimida, biror dasturni ishga tushirishni bloklash

Windows tizimida, biror dasturni ishga tushirishni bloklash

 

 

DO`STLARGA ULASHING:

Windows tizimida, biror dasturni ishga tushirishni bloklash
#kerakli

Bitta kompyuterdan bir necha foydalanuvchi foydalanganda, ko’p kelishmovchiliklar bo’ladi: fayllarni o’chirib yuboradi, dastur sozlashlarini o’zgartirib yuboradi, biror faylni biror dasturda ochib ichini o’zgartirib tashlaydi va hokazo.

Bu postda, shu muammolarni birini yechishni yozib o’taman, ya’ni biror dasturni ishga tushirishni bloklash. Bu usul yosh bolalarni nazorat qilishda ham ancha foydali sanaladi.
Demak, notepad va Word dasturini ishga tushirishni bloklaymiz:

1. Win+R → gpedit.msc va Enter tugmasi bosiladi.
2. Ancha sozlashlarni amalga oshirish mumkin bo’lgan oyna ochiladi, bu oynaning chap menyusidan quyidagi papkaga kiriladi:
Конфигурация пользователя > Административные шаблоны > Система
3. O’ng tomonda ochilgan menyudan, «Не запускать указанные приложения Windows» parametri ustida sichqoncha ikki martta bosiladi.
4. Ochilgan oynadan, bu parametrni «Включено» orqali yoqamiz.
5. Quyida joylashgan «Показать…» tugmasini bosib, bloklash kerak bo’lgan dasturlarni birin-ketin yozamiz.

❗️Eng asosiy joyi: Dasturlarni, ishga tushiriladigan fayl nomi va kengaytmasini to’liq yozish kerak, bizning misolda, bloknotni bloklash uchun notepad.exe va Word dasturini bloklash uchun winword.exe deb yozamiz(tushunarli bo’lishi uchun, quyida joylashgan rasmga qarang).
6. «Применить» tugmasi orqali, bajarilgan ishlarni saqlaymiz.

Shundan so’ng, Word dastuirni ishga tushirsak, dastur bloklanganligi haqida axborot beriladi.

 

 

Секреты взлома / Xakerlik sirlari
biror dasturni ishga tushirishni bloklash, Windows tizimida

Поделиться ссылкой:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *